2025 © Repost.uz. Repost.uz saytidagi materiallardan har qanday hajmda foydalanishga, xabarning ko‘pi bilan ikkinchi xatboshisida saytga faol havola va sayt nomini “Repost.uz” yoki “Repost.uz” ko‘rinishida ko‘rsatish sharti bilan ruxsat beriladi. Tasischi: “DT MEDIA CO” MCHJ. Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Olimlar ko‘chasi, 43-uy.
Shuningdek, men uchun rivojlanish — ham shaxsiy, ham yonimdagi odamlarning rivojlanishi muhim. Va albatta, o‘zingni katta narsaning bir qismi ekanligingni his qilish muhim. Uzumda aynan shunday: siz shunchaki vazifalarni bajarmaysiz, balki bozorni haqiqatan ham oldinga siljitasiz.
Men hech qachon "o‘t o‘chiruvchi" yo‘lidan bormaganman — men uchun jarayonlarni barqaror va ortiqcha stresssiz ishlashini ta’minlash muhim. Men uchun eng muhimi — ma’no va rivojlanish. Men o‘z ishimni nima uchun qilayotganimni va u umumiy maqsadga qanday ta’sir qilishini tushunishim muhim. Harakatlaringiz mijozlar tajribasini yaxshilashga, jarayonlarni soddalashtirishga yoki jamoani qo‘llab-quvvatlashga yordam berayotganini ko‘rsangiz, ichki motivatsiya paydo bo‘ladi.
Uzum Market’dagi faoliyatim menga ko‘p narsani o‘rgatdi, lekin eng muhimi — mas’uliyatni o‘z zimmamga olish va tezda moslasha olish qobiliyatidir. Tez o‘sish va o‘zgarishlar sharoitida mukammal sharoitlarni kutib bo‘lmaydi — siz shu yerda va hozir qaror qabul qila olishingiz kerak.
2
Uzum Market servis reklamatsiya guruhi rahbari
1
Mutaxassis
2022-yil oktyabr oyidan beri kompaniyada
Ruslan
Aminov
BTPdagi ishdan so‘ng ofisga o‘tganimdan so‘ng, yangi lavozimga tezda ko‘nikdim va jamoa bilan yaxshi muloqot qilaman va do‘stlashaman. Murabbiylik davrida men kompaniyada hozirgacha ishlayotgan 10 dan ortiq amaliyotchilarni muvaffaqiyatli o‘qitdim. Men uchun o‘z ko‘nikma va qobiliyatlarimni rivojlantirish muhim, murakkab vazifalarni hal qilishni yaxshi ko‘raman, chunki bu qo‘shimcha tajriba va maqsadim sari qo‘yilgan yana bir qadamdir. Karyerada o‘sish va yuqori natijalarga erishish uchun kompaniyaning har bir xodimi uning rivojlanishida muhim rol o‘ynashi va men ham shunday xodimlardan biri ekanligim motivatsiya beradi.
2
Uzum Market video cheklisti bo‘yicha mutaxassis
1
BTP administratori
2023-yil iyul oyidan beri kompaniyada
Darya
Starostina
Men har doim o‘z hududim bo‘yicha top-1 bo‘lishga va jamoani bunga undashga intilaman, chunki faqat jamoa tufayli sen yaxshiroq bo‘lasan. Samarqandning oldingi hududiy boshqaruvchisi Rustam Solihov men uchun namuna bo‘ldi.
Uzum Market "tanish-bilish"siz standartlarga amal qiladi, ya’ni agar siz biror lavozimga ko‘tarilishni istasangiz, sizga tanishlar, qarindoshlar kerak emas — bu yerda hamma narsaga o‘zingiz erishishingiz mumkin.
2
Uzum Market hududiy boshqarmasi mutaxassisi
1
BTP administratori
2023-yil oktyabr oyidan beri kompaniyada
Daler
Muratov
Meni rasmiy o‘sish emas, haqiqiy o‘sish rag‘batlantiradi, chunki sen har oyda ajoyib mutaxassisga aylanib borayotganingni ko‘rasan. Bunda bankning HRD’si Yekaterina Kravsova katta rol o‘ynadi. Uning talabchan va qo‘llab-quvvatlovchi yondashuvi meni mas’uliyatni o‘z zimmamga olishga, murakkab vazifalardan qo‘rqmaslikka va intizomni qadrlashga o‘rgatdi. Men boshqalarni rivojlantira oladigan odamlardan ilhomlanaman va vaqt o‘tishi bilan o‘zim ham shunday mutaxassis bo‘lishga intilaman.
Men uchun qilayotgan ishimning ma’nosini his qilish va ishimning natijasini ko‘rish muhim. Asosiysi, bu shunday muhitki, unda men shunchaki vazifalarni yopib qo‘ymayman, balki har kuni yangi narsalarni o‘rganaman, fikrlashimni, ko‘nikmalarimni rivojlantiraman va umumiy natijaga qo‘shgan hissamni ko‘raman.
Men Uzumni tanladim, chunki nafaqat rivojlanayotgan, balki butun bozorga sur’at berayotgan yirik kompaniyaga qo‘shilishni xohladim. Uzum — bu tezlik, yuqori natijalar, ambitsiyalar va o‘sish uchun makon haqida edi va men kompaniya bilan birga o‘sishim mumkinligini bilardim.
2
Team Lead ommaviy ishga qabul qilish va Uzum Bank’da onboarding bo‘yicha menejer
1
Ommaviy ishga qabul qilish bo‘yicha mutaxassis
2024-yil 18-noyabrdan oyidan beri kompaniyada
Abdullayeva
Amira
Tashabbuskor bo‘ling — Uzumda o‘z lavozimidan kengroq fikrlaydigan odamlar qadrlanadi. Bu yerda har birimiz bejiz emasmiz. Har kimning salohiyati bor. Eng muhimi, uni oshkor qilishdan qo‘rqmaslik kerak.
Uzum Market — bu g‘oyalaringiz ahamiyatli bo‘lgan, siz shunchaki "xodim" emas, balki o‘zgarishlarning bir qismi bo‘lgan joy. Shuning uchun ham bu yerdaman. Men kengroq fikrlashni, nafaqat raqamlarni, balki ularning ortidagi jarayonlarni ham ko‘rishni o‘rgandim. Tafsilotlarga e’tiborliroq bo‘lib, xo‘jako‘rsinga emas, balki natija uchun ishlashni o‘rgandim. Vazifalar ketma-ket bajarilganda, tezlik va sifatni birlashtirish qiyin edi.
Meni ishdagi haqiqiy dinamika o‘ziga tortadi — har bir kun boshqasiga o‘xshamaydi, shuningdek, har bir kishi natija o‘ziga bog‘liqligini tushunadigan mas’uliyat va ishonch madaniyati.
2
Uzum Market hududiy boshqarmasi mutaxassisi
1
BTP administratori
2023-yil oktyabr oyidan beri kompaniyada
Hamidulla
Volchkov
Hamkasblarimga va kompaniyada yangi ish boshlaganlarga maslahatim — har doim sifatga intiling va ishda e’tiborli bo‘ling. Biror narsa tushunarsiz bo‘lsa, savol berishdan qo‘rqmang.
Natijalarga erishishda men uchun eng qiyini ko‘p sonli sharhlar bilan moderatsiyaning yuqori sifatini saqlab qolish bo‘ldi.
O‘sishimda jamoada ishlash tajribasi muhim rol o‘ynadi, u yerda men hamkasblarim bilan samarali muloqot qilishni, g‘oyalar almashishni va bir-birimni qo‘llab-quvvatlashni o‘rgandim. Ayniqsa, meni doimo yuqori natijalarga erishishga yo‘naltirgan, ruhlantirgan rahbarning qo‘llab-quvvatlaganini alohida ta’kidlash lozim. Mening sa’y-harakatlarim e’tirof etilgani va qo‘llab-quvvatlangani men uchun qadrli.
2
Uzum Market ichki sharhlar bilan ishlash guruhi rahbari
1
Call-markaz mutaxassisi
2022-yil dekabr oyidan beri kompaniyada
Sarvinoz
Akmalxonova
Men tajribali ishlab chiquvchi mutaxassis nafaqat kodlarni, balki biznesni tushunishi kerak deb hisoblayman. Bizning vaziyatimizda u bank jarayonlarini tushunishi kerak. Aynan shundagina yechimlar chindan ishlashni boshlaydi va foyda keltiradi.
Keyinchalik kompaniya faol rivojlana boshladi. Biz elektron hujjat aylanmasini yo‘lga qo‘ydik, topshiriqlar taqsimotini avtomatlashtirdik, o‘nlab jarayonlarni soddalashtirdik. Men bankning asosiy dasturiy ta’minotini takomillashtiruvchi jamoaga o‘tdim. Ilgari biznes yo‘nalishida ishlardim, so‘ngra ishlab chiquvchi mutaxassiga aylandim, endi — jamoa rahbariman. Mana bir yildirki, 14 kishilik jamoaga rahbarlik qilaman: biz bank xodimlarini qo‘llab-quvvatlash uchun ichki vositalarni yaratamiz.
Boshida izga tushirilgan jarayonlar deyarli bo‘lmagan, aynan shu holat shaxsiy tashabbuslarimizni jooriy etish uchun muhit yaratdi. Masalan, bir kuni ba’zi bo‘lim xodimlari sotuv nuqtalari haqida ma’lumotni tizimga qo‘lda kiritayoganini payqadim. Bu ko‘p vaqt va kuch talab qilardi. Men shu zahoti masalani o‘rganib chiqdim, ushbu jarayonni avtomatlashtiradigan dastur yozdim va biz uni ish jarayoniga joriy etdik. Men taklif qilgan yechim hamkasblarimning soatlab vatini tejayotganini ko‘rish quvonarli edi — aynan shu turdagi vazifalar haligacha meni ilhomlantirib keladi.
Men kompaniyaga ulkan vazifalar uchun kelganman. Yangi fintech-mahsulotni noldan boshlab yaratishga hissa qo‘shish, o‘z ishimning natijasini ko‘rish va jamoa bilan birgalikda o‘sish imkoniyati meni o‘ziga jalb etgan.
2
Uzum Bank ishlab chiquvchilar jamoasi rahbari
1
Ishlab chiquvchi mutaxassis
2022-yil yanvar oyidan beri kompaniyada
Vorisxon
Fayzullayev
Rahbarlarim menga ko‘p narsalarni o‘rgatishdi, qiyin paytlarda qo‘llab-quvvatlashdi va bilimlar bilan o‘rtoqlashishdi. Rahbarim Ramilya Shabayevaning qo‘l ostida ko‘plab xodimlar bo‘lishiga qaramay, u har birimizga e’tibor qaratadi, buning uchun ulardan juda minnatdorman.
Ishim xizmat sifatini yaxshilash orqali odamlarga foyda keltirayotganini anglash meni ilhomlantiradi. Shunday qilib, mening hissam kompaniya rivojiga bevosita ta’sir qilishini his qilaman. Umumiy muvaffaqiyatga daxldorlik hissi meni yaxshiroq natijalarga intilishga va doimo takomillashib borishga undaydi.
Uzum Market maktabni bitirganimdan keyingi birinchi ish joyim bo‘ldi, meni ish tajribasiga ega bo‘lmasam ham ishga qabul qilishdi! Hozir bilganlarimning barchasini shu yerda o‘qib, tajriba orttirganman.
2
Uzum Market sifat nazorati guruhi rahbari
1
Call-markaz mutaxassisi
2022-yil dekabr oyidan beri kompaniyada
Shahnoza
Yermaxanova
Uzum — bu butun mamlakat bo‘ylab har bir oilaning maishiy muammolarini hal qilishga yordam beradigan milliy xizmatlar ekotizimi. Ekotizim jamoasida butun mamlakat bo‘ylab 11 000 dan ortiq xodim bor va "nega siz Uzum’ni tanladingiz?" degan savolni biz bilan nafaqat raqamli xizmatlarni, balki o‘zlarining muvaffaqiyatli karyeralarini ham yaratayotganlarga berdik.
Uzum — siz shunchaki "xodim" emas, aksincha bu sizning g‘oyalaringiz ahamiyatga ega bo‘lgan joydir
Made on
Tilda